“Uralskie avialinii” Namangan va Qarshi shaharlariga parvozlarni boshladi

© Sputnik / Aleksandr Polegenko / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Uralskie avialinii"
Samolet aviakompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha parvozlar zamonaviy va qulay Airbus 320 samolyotlarida amalga oshirilishi aytilgan.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. “Uralskie avialinii” aviakompaniyasi 1-avgustdan boshlab Moskva  - Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tikladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Samolet aviakompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
"Uralskie avialinii" Urganch, Buxoro va Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Xabarda aytilishicha, parvozlar Moskvadan Qarshiga chorshanba kunlari, Qarshidan Moskvaga payshanba kunlari amalga oshiriladi.

“Oktabrdan boshlab reyslarni haftasiga ikki marotabagacha oshirish rejalashtirilgan. Chiptalar sotuvda”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, aviakompaniya Sankt-Peterburgdan Namanganga parvozlar yo‘lga qo‘yilganini ham ma’lum qildi. Parvozlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Barcha parvozlar zamonaviy va qulay Airbus 320 samolyotlarida amalga oshirilishi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0