Tojikistonda Rossiya harbiylariga qarshi hujum oldi olindi

© Sputnik / Iskandar AminovSpesnaz Tadjikistana vo vremya ucheniy na 201-y rossiyskoy voyennoy baze
Spesnaz Tadjikistana vo vremya ucheniy na 201-y rossiyskoy voyennoy baze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hibsga olinganlarning barchasi terrorchilik tashkilotni tashkil qilish, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish, shuningdek terrorizm jinoyatlari sodir etishda aybdor deb topildi.

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Tojikistonda faoliyati taqiqlangan “Islom tiklanishi partiyasi” yashirin terrorchilik guruhi yo‘q qilindi. Bu haqda “RIA Novosti”ga milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazida ma’lumot berishdi.

Prosmotr zapreshennix agitatsionnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" o‘ziga qasamod qilgan tojikistonlik terrorchilar videosini tarqatdi

Maxsus operatsiya fevral oyida o‘tkazilgan. O‘sha vaqtda 14 nafar kishi qo‘lga olingan. Ular Navro‘z bayramini nishonlash vaqtida yirik teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirishgan. Shu bilan birga, Dushanbedagi Rossiyaning 201-chi harbiy bazasiga hujum qilish ko‘zda tutilgan.

Voqea tavsilotlari suddan keyin ma’lum bo‘ldi. Hibsga olinganlarning barchasi ekstremistik tashkilotni tashkil qilish, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish, shuningdek terrorizm jinoyatlari sodir etishda aybdor deb topildi.

Dushanbe sudi guruhning ikki nafar tashkilotchilarini - 25 yoshli Faxriddin G‘ulovni va uning tengdoshi bo‘lgan Maxmudjon Azamovni 26-yil ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilindi. Boshqalarga esa 7-yil ozodlikdan mahrum etish chorasi qo‘llanildi.

Terrorchilar Jalolobod yaqinidagi bazada maxsus tayyorgarlikdan o‘tishdi. Shundan so‘ng “Islom davlati” bo‘linmalari tarkibida jangovar harakatlarda ishtirok etishgan.

Ministr MVD Tadjikistana Raximzoda Ramazon Xamro - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston IIV rahbari sayyohlarga qurollangan hujum uyushtirilganini tan oldi

Jangovar tayyorgarlikni “Islom tiklanishi partiya”si tomonidan moliyalashtirilgan.

Tojikistondagi elchixona Tojikistonga tashrif buyuradigan rossiyaliklarga ehtiyot bo‘lish, aholisi kam bo‘lgan va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarga buyurmaslikni so‘ragan.

Diplomatik vakolatxonasida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Yangiliklar lentasi
0