Kredit olish soddalashtirildi: endi faqat pasport va daromadlar to‘g‘risida spravka kifoya

© Sputnik / Andrey TeshayevUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, iste’mol krediti, avtokredit, overdraft, mikroqarz va jismoniy shaxslar uchun boshqa kredit turlarini rasmiylashtirish jarayoni yanada osonlashtirilgan

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. "Aloqabank" kredit rasmiylashtirishni yanada soddalashtirdi, endilikda kredit olish uchun pasport va daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kifoya bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri bank matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Xususan, iste’mol krediti, avtokredit, overdraft, mikroqarz va jismoniy shaxslar uchun boshqa kredit turlarini rasmiylashtirish jarayoni yanada osonlashtirilgan.

25 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar aholiga garovsiz beriladi

2018 yil 1-avgustdan jismoniy shaxslar uchun kredit rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar to‘plami zarur bo‘ladi:

kredit miqdori, muddati, foydalanish maqsadi va taklif qilinayotgan kredit ta’minoti bayon qilingan qarz oluvchi tomonidan imzolangan ariza;

qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil) ning pasport nusxasi;

qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil) ning ish joyidan oxirgi 1-yillik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma (ushbu ma’lumotnomada lavozim, STIR va jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i raqami ko‘rsatilishi lozim);

kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlar.

Yangiliklar lentasi
0