TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 1-avgust kuni OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazilayotgan “O‘zekspomarkaz”ga tashrif buyurdi, deb xabar qildi "UZ24" nashri.
Bosh vazir test sinovlari o‘tayotgan pavilonlarda bo‘lib, kuzatuv jarayonlari bilan tanishmoqda.
Abdulla Aripov 2017-yilda ham ushbu markazda bo‘lib o‘tgan Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlarida bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil ilk marta 1-avgustdan 15-avgustga qadar o‘tkaziladigan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonini birinchi bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzatish mumkin.