TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Markaziy Afrika Respublikasida hujjatli film suratga olgan rossiyalik jurnalistlarga o‘n kishi hujum uyushtirgan, deb xabar tarqatdi Radio Ndeke Luka.
Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, Orxan Djemal, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radchenkoga kechki payt soat oltida Sibut yaqinida hujum uyushtirishgan.
"Xavfsizlik kuchlari vakillari ulardan ketmaslikni so‘rashgan, chunki shom tushib qolgan. Ammo ular o‘z aytganida turib, yo‘lga chiqishgan", - deb ta’kidlagan mahalliy amaldorlardan biri Marselin Yoyo.
Uning aytishicha, yovuz niyatli kimsalarning barchasida "boshida sallasi bo‘lgan va ular faqat arab tilida gaplashishgan".
BMTning MARda barqarorlashtirish missiyasi (MINUSCA) ta’kidiga ko‘ra, rossiyaliklarning jasadi Sibutning shimoliy qismidan 33 km chaqirim masofada qoldirilgan mashina ichidan topilgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoiy ish qo‘zg‘agan va ish yuzasidan surishtiruv o‘tkazishda afrikalik huquq himoyachilariga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.
Rossiya TIV hozirda halok bo‘lganlar jasadini vatanga qaytarishda yordam ko‘rsatmoqda.