O‘zbekistondagi barcha maktablarni tezkor internet bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda

Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston prezidentining “Xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari 2021-yil oxiriga qadar internet tarmog‘iga keng polosali kirish imkoniyati bilan ta’minlanadi. Bu Xalq ta’limi vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan O‘zbekiston prezidentining “Xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Hujjat loyihasida 2018-yil oxirigacha respublika va viloyat darajasida, 2019-yil oxirigacha tuman darajasida va 2021-yil oxirigacha barcha umumta’lim muassasalarini internet tarmog‘iga keng polosali kirish imkoniyati (kamida 10 Mb/soniya) bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekistonda maktablarning 28 foizi kompyuter sinflariga ega emas, 63 foizida zamonaviy uskunalar yo‘q, 93 foizi yuqori tezlikdagi internetga ega emas.

Yangiliklar lentasi
0