Jismoniy tarbiya va sport vaziri tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nabiyev bundan biroz muddat avval lavozimini tark etgan Shoakram Isroilov o‘rnini egallaydigan bo‘ldi.

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Dilmurod Hamidullayevich Nabiyev O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” vazirlikdagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Nabiyev bundan biroz muddat avval lavozimini tark etgan Shoakram Isroilov o‘rnini egallaydigan bo‘ldi.

Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimini tark etdi

Dilmurod Nabiyev 2017-yilning iyunidan buyon O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgandi. Bungacha esa u 2014-2016 yillar davomida O‘zbekiston prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari, 2016-2017 yillarda esa Vazirlar Mahkamasining ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosat masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevralida jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov lavozimni tark etib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov uning o‘rnini egallagandi.

Mart oyi boshida qo‘mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilgan, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0