TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 31-iyul kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2,50 so‘mga ko‘payib, 7 791,88 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi esa 45,38 so‘mga kamayib, 9 082,22 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 1,37 so‘mga ko‘payib, 124,19 so‘mni tashkil qildi.
O‘tgan haftada kursi aprel oyidan beri birinchi marta 1,57 so‘mga ko‘tarilib, 7 789,38 so‘m tashkil qilgandi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.