Toshkentda transport yo‘laklari bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

© Xalqaro press klub50 metroviy flagshtok v sentre Tashkenta
50 metroviy flagshtok v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirda Markaziy Osiyoda yagona, ko‘p tarmoqli, shuningdek, tashqaridan integratsiyalangan transport maydonini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Joriy yil 20-21 sentabr kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri Tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Tadbirda o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida xalqaro transport yo‘laklaridan samarali hamda o‘zaro manfaatli foydalanish, Markaziy Osiyoda yagona, ko‘p tarmoqli, shuningdek, tashqaridan integratsiyalangan transport maydonini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar, transport uyushmalari, transport va logistika kompaniyalari vakillari bilan yangi transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha muloqotni yanada rivojlantirishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0