Latviyalik deputat Rossiyani bir nechta qismlarga bo‘lib tashlashni taklif qildi

Obuna bo‘lish
"Rossiya etnik tarkibi bo‘yicha kichik mamlakatlarga bo‘lib tashlangandagina harbiy mojarolar tugaydi, Yevropada esa uzoq yillarga tinchlik o‘rnatiladi", - deb xulosa qilgan Kirshteyns

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Latviya seymi deputati Aleksandr Kirshteyns "Rossiyani bir nechta qismlarga bo‘laklab tashlash" zarurati haqida ma’lum qildi. Siyosatchi bu haqda o‘zining Tvitterida yozgan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Latviyalik deputatning fikriga ko‘ra, bunday chora uning mamlakati va Yevropa hotirjamligi uchun zarur.

Ispitaniya giperzvukovoy raketi Kinjal - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya eng yangi "Kinjal" gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi - video

"Rossiya etnik tarkibi bo‘yicha kichik mamlakatlarga bo‘lib tashlangandagina harbiy mojarolar tugaydi, Yevropada esa uzoq yillarga tinchlik o‘rnatiladi", - deb xulosa qilgan Kirshteyns.

Siyosatchi bu fikrni Sobiq Ittifoq gimnining ekstremistik variantini taklif qilgan yozuvchi Vladimir Voynovichga bag‘ishlangan postga izoh tarzida qoldirgan.

Voynovich shanbaga o‘tar kechasi 85 yoshida yurak xuruji oqibatida olamdan o‘tdi. Yozuvchi o‘zining "Askar Ivan Chonkin haqidagi trilogiya", "Moskva 2042" asarlari orqali tanilgan.

Latviyada Rossiyaga qarshi shiorlar ko‘p marotaba jarang topgan. Shunday bo‘lsa-da, bir qator latviyalik siyosatchilarning ta’kidiga ko‘ra, Latviya tashabbusi bilan yomonlashgan Riga va Moskva munosabatlarining hozirgi holati faqatgina Rigaga zarar keltirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0