Kamilov Oq uyda Trampning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishBeliy dom v Vashingtone
Beliy dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralarda ikkiyoqlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, Afg‘onistondagi vaziyatning tinchlik holatiga o‘tishi imkoniyatlari hamda dolzarb xavf va tahdidlarga qarshi kurashishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Mira Rikardel bilan uchrashdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Prazdnovanie Uraza-bayrama v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov AQShda din erkinligi masalalarini muhokama qiladi

"Joriy yilning may oyidagi O‘zbekiston – AQSh oliy darajali uchrashuvlarining yakunlari mazkur suhbatning markaziy mavzusi bo‘ldi. Bu esa "O‘zbekiston – AQSh: strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi" nomli ikki davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotida o‘z aksini topgani qayd etildi", - deb ta’kidlanadi xabarda.

Ta’kidlanishicha, muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar, Afg‘onistondagi vaziyatning tinchlik holatiga o‘tishi imkoniyatlari hamda dolzarb xavf va tahdidlarga qarshi kurashishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, O‘zbekiston – AQSh muloqoti va xalqaro kun tartibidagi boshqa asosiy yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashilgan.

Yangiliklar lentasi
0