Qirg‘izistonda kuzatuv kameralari g‘ayrioddiy YTHni suratga oldi. G‘isht ortilgan yuk mashinasi katta tezlikda harakatlanib 7ta mashinani pachoqladi. Voqea O‘sh shahrida 27-iyul kuni sodir bo‘lgan.
Yuk avtomobilining 33 yoshli haydovchisi aytishiga qaraganda, chorraha yaqinida avtomobilning tormozi ishlamay qolgan va mashina 1km masofani bosib o‘tib daraxtga urilgan. YTH oqibatida 6 kishi jarohatlanib kasalxlonaga olib borilgan.