Kutilmagan tekshiruv: Erkinjon Turdimov rahbarlar ishini tekshirmoqda

© e_turdimovErkinjon Turdimov
Erkinjon Turdimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida kutilmagan tekshiruvlar natijalari haqida post e’lon qilib bormoqda

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hech qanday ogohlantirishsiz Samarqand shahridagi "Saxovat" internat-uyiga kirib bordi. Bu haqda Turdimovning Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berilgan.

Portfel - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari ishdan olindi

Viloyat hokimi mazkur muassasa faoliyati bilan tanishar ekan, u yerda olib borilayotgan ishlar mutlaqo qoniqarsiz, degan to‘xtamga kelgan.

131 nafar keksa va nogironligi bo‘lgan insonlar istiqomat qilayotgan “Saxovat” internat-uyi hududida obodonlashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, bino atrofi qarovsiz. Jumladan, binoda lift ishlamaydi, yuvinish xonalari ta’mirtalab, sanitariya qoidalariga amal qilinmagan. Yozgi pavilonda krovat-so‘rilar bor, biroq sharoit yaratilmaganligi sababli bahavo joyga hech kim kelmaydi.

"Internat-uyi mutasaddilari faoliyatidan qoniqmadik. Har qanday jamiyat muammo va kamchiliklardan xoli emas. Lekin muammoli masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va tezda bartaraf etish har bir sohaning mas’ul kishilari bilan birga, keng jamoatchilikning ham asosiy vazifasi bo‘lishi lozim", - deyiladi postda.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov iyul oyining birinchi yarmida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangan edi. Yangi hokim o‘z ishini yangi tashkil qilingan Yoshlar markazini borib ko‘rishdan boshlagandi.

Shundan so‘ng Turdimov Xalq bilan bevosita muloqot o‘rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to‘g‘risida aniq ma’lumot olish maqsadida telegram messenjerini hamda viloyat hokimligida kun davomida ishlaydigan qisqa – 1177 raqamli “Ishonch telefoni” ishga tushirdi.

Erkinjon Turdimov - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand yangi rahbarining telegram kanali ishga tushdi

Ayni kunda Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Turdimovning "kutilmagan tekshiruvlari" ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xususan, xalq hokimning o‘ziga xos ish uslubini qo‘llab-quvvatlamoqda va ushbu choralar Samarqand viloyatida ham "tartib o‘rnatilishi"ga ishonch bildirmoqda.

Hokimning ushbu ish uslubi joylardagi mutasaddilar faoliyatini ijobiy tomonga o‘zgartirishga yordam beradimi-yo‘qmi - yaqin kelajakda ma’lum bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0