TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Bir necha kun oldin, Vernadskiy ko‘chasidagi Moskva Katta sirkiga kelgan tomoshabinlar oldida sher va yo‘lbars orasida haqiqiy jang sodir bo‘ldi.
Mashhur hayvon o‘rgatuvchi Askold Zapashniy ularni ajratish uchun dastlab, olishayotgan yirtqichlar tomon tumbalarni uloqtirdi. Tumbalar ish bermagach, u nur va shovqin chiqaruvchi pistoletdan osmonga qarata o‘q uzdi. Qattiq gumburlash hayvonlarni darhol tartibga soldi.
“Bugun birinchi marotaba nur va shovqin chiqaruvchi quroldan o‘q uzdim. Xudoga shukur-ki, bu bilan “jangga” qo‘shilmoqchi bo‘layotgan sher Fillipni to‘xtatib qoldim, lekin hammasi silliq kechmadi. Qurol dastlab kiyimga ilashib qoldi, keyin qo‘limdan tushib ketdi”, - deb yozgan Zapashniy o‘zining istagramida.