Toshkentdan Moskvaga aviaqatnovlar soni haftasiga 21taga yetkaziladi

© Press-slujba aviakompaniiSamolet aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy aviakompaniya hozirgi kunda Domodedovo aeroportiga O‘zbekiston shaharlaridan haftasiga 36 ta muntazam xalqaro qatnovni, Toshkentdan 16 ta aviaqatnovni amalga oshirib kelmoqda.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari “ Milliy aviakompaniyasi joriy yil sentabr oyidan poytaxtdan Moskvaga haftasiga 21 ta qatnovni amalga oshirishni, viloyat aeroportlaridan esa qatnovlar sonini haftasiga 9 taga yetkazishni rejalashtirgan. Bu haqda MAK matbuot xizmati ma’lum qildi.

Milliy aviakompaniya hozirgi kunda Domodedovo aeroportiga O‘zbekiston shaharlaridan haftasiga 36 ta muntazam xalqaro qatnovni, Toshkentdan 16 ta aviaqatnovni amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilning iyun oyi yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan belgilangan jadvaldan kechikishsiz xalqaro qatnovlarni amalga oshirgan “eng punktual aviakompaniya” deb e’tirof etildi.  

 

Yangiliklar lentasi
0