O‘zbekistonlik Darya Masalskaya tanlovda uni qo‘llab-quvvatlashni so‘radi

Obuna bo‘lish
Ostonada 17-27 iyul kunlari "MDH go‘zali - 2018" xalqaro go‘zallik tanlovi o‘tkazilmoqda.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Darya o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali internet foydalanuvchilariga murojaat qilib, unga ovoz berish orqali qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

Odin den iz jizni konkursantok Miss SNG-2018 - Sputnik O‘zbekiston
“MDH go‘zali - 2018” tanlovida kimlar ishtirok etmoqda

Daryaga quyidagi havola orqali ovoz berish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik Darya Masalskaya 19 nafar raqobatchi bilan birga MDHning eng chiroyli qizi maqomi uchun kurashayotgani haqida xabar berilgan edik.

Ostonada 17-27 iyul kunlari "MDH go‘zali - 2018" xalqaro go‘zallik tanlovi o‘tkazilmoqda.

Hamdo‘stlikning eng go‘zal qizi unvoni uchun Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya, Qirg‘iziston, Ukraina, Latviya, Tojikiston, Armaniston, Belarus va O‘zbekistondan jami 19 nafar qizlar bellashuvga chiqadi.

Gruziya, Latviya va Ukraina MDHga a’zo bo‘lmaganligi tufayli ushbu davlatlarning vakillari tanlovga maxsus ishtirokchilar sifatida taklif etilgan.

"MDH go‘zali-2018" g‘olibiga toj, pul mukofoti va tanlov homiylaridan sovg‘alar taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0