TOShKENT, 27-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Toshkentda Rossiya bilan hamkorlikda birinchi mintaqaviy forum o‘tkazishga kelishib oldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev 26-iyul kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Vadimom Mitrofanov bilan uchrashdi.
"Bugungi uchrashuv ayni paytida o‘tkazilmoqda. Bunday yirik voqea puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Birinchi O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi ikki mamlakat biznes doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga turtki bo‘ladi", – deb ta’kidladi Vadim Mitrofanov uchrashuvda.
Tomonlar biznes, transport, kooperatsion munosabatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirishni mo‘ljallamoqda.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda Rossiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida imzolangandi.