Tashkent City qurilish maydonida yuk mashinalarini yuvish shoxobchasi o‘rnatildi

© Sputnik / Kirill BragaMoyka koles gruzovika
Moyka koles gruzovika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuk mashinalari katta ko‘chaga chiqayotganda atrof muhitni ifloslantirmasligi uchun qurilish maydonchasida maxsus avtomobil yuvish shoxobchasi o‘rnatildi.

"O‘zbekiston 24" telekanali Tashkent City xalqaro ishbilarmonlar markazida olib borilayotgan qurilish jarayonida ekologiya normalariga rioya qilishi haqida lavha tayyorladi.

Yuk mashinalari katta ko‘chaga chiqayotganda atrof muhitni ifloslantirmasligi uchun qurilish maydonchasida maxsus avtomobil yuvish shoxobchasi o‘rnatildi.

Har bir qurilish maydonchasida kirish va chiqish qismlarida avtoshoxobchalari o‘rnatilgan, unda har bir chiqayotgan yuk transport vositalari yuvilib, toza shaklda asosiy yo‘lga chiqariladi. Bu qat’iy nazoratga olingan. Moyka shoxobchasi ham qonun doirasida belgilanganidek, yer osti suvlaridan foydalaniladi. 6 tonnalik suv idishlarimizdan iborat bo‘lgan yer osti suvlaridan foydalaniladi”, - dedi  xalqaro ishbilaromonlar markazi ma’muriyati muhandisi Sherzod Asadullayev.

Bir vaqtning o‘zida uchta yuk mashinani yuvish mumkin.

Har bir mashina ustidagi qurilish materiallari ustiga tend yopilgan. Bu esa shahar ko‘chalari ortiqcha chang to‘zondan ko‘tarilishidan asraydi.     

Xalqaro ishbilarmonlar markazining boshqarmasi tomonidan atrof muhitni tozaligini saqlash maqsadida Xitoyda ishlab chiqarilgan ikkita maxsus yo‘lni tozalaydigan mashina ham olib kelindi. 

Yangiliklar lentasi
0