Rossiyada Ravon avtomobillarining narxi keskin oshdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishAvtomobil Ravon R4
Avtomobil Ravon R4 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek brendi vakolatxonasi R2 xetchbeki va Nexia sedani narxini 50 ming rublga, Gentra sedanini - 20 ming rublga oshirgan.

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. Rossiya bozorida taklif etilayotgan Ravon avtomobillarining to‘rtta modelidan uchtasining narxi sezilarli darajada oshdi, deb xabar berdi “Rossiyskaya gazeta”.

Xabarda aytilishicha, o‘zbek brendi vakolatxonasi R2 xetchbeki va Nexia sedani narxini 50 ming rublga, Gentra sedanini - 20 ming rublga oshirgan. Yana bir model - R4 hozircha avvalgi narxida taklif qilinmoqda.

Endilikda avtomatik transmissiyali eng arzon avtomashina bo‘lgan Ravon R2 xetchbeki kamida 489 ming rublga sotilmoqda. Eng yuqori komplektatsiyadagi mashina 559 ming rubl turadi.

Nexiani 499-599 ming rublga, R4ni 529- 659 ming rubga, Gentrani esa 569-699 ming rublga sotib olish mumkin.

Avvalroq GM Uzbekistan eksportga chiqariladigan avtomobillar narxi oshirilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0