TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Takevondo WTF bo‘yicha Korea Open musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilar 22ta medalni qo‘lga kiritishdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘zbekistonlik taekvondochilar musobaqa davomida 10ta oltin, 6ta kumush va 6ta bronza medallariga egalik qilishdi.
Nurlan Boydxo‘jayev, Zafarbek Karimov, Shahzod Jo‘rayev, Ulug‘bek Rashitov, Jasurbek Jaysunov, Najmiddin Qosimhojiyev, Fariz Mahmudi, Gulhumor Sodiqova, Mohinabonu Ahadova va Saidmurodxo‘ja Tohirxo‘jayev oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqada O‘zbekistondan 30 nafar sportchi ishtirok etdi.