TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. "MDH go‘zali-2018" tanlovida O‘zbekistondan Darya Masalskaya qatnashmoqda.
"Bizni yaxshi mehmon qilishmoqda. Biz hashamdor mehmonxonada yashayapmiz. Tanlov yuqori darajada tashkil etilganligi uchun qizlar orasida hech qanday nizolar yuzaga kelmayapti. Barcha ishtirokchilar o‘zlarining his-tuyg‘ularini ijobiy tarzda ifoda yetishmoqda", - deya o‘rtoqlashdi Darya Sputnik Qozog‘iston muxbiriga.
Darya ushbu tanlovida qiziqarli insonlar bilan tanishish va ozgina sayohat qilishga umid qiladi.
U Ostonaga ikkinchi marta tashrif buyurmoqda va shu tashriflarda Qozog‘iston poytaxtining o‘zgaruvchan ob-havosini eslab qoldi.
Ostonada 17-27 iyul kunlari "MDH go‘zali - 2018" xalqaro go‘zallik tanlovi o‘tkazilmoqda.
Hamdo‘stlikning eng go‘zal qiz unvoni uchun Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya, Qirg‘iziston, Ukraina, Latviya, Tojikiston, Armaniston, Belarus va O‘zbekistondan jami 19 nafar qizlar bellashuvga chiqadi. Gruziya, Latviya va Ukraina MDHga a’zo emas, ularning vakillari maxsus ishtirokchi sifatida taklif etilgan.
"MDH go‘zali-2018" g‘olibiga toj, pul mukofoti va tanlov homiylaridan sovg‘alar taqdim etiladi.
Mazkur tanlov 1996-yildan bo‘yon o‘tkazilmoqda.