Surxondaryoda Avstriya kompaniyasi 50 mln dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

© Sputnik / Ramil SitdikovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur loyiha doirasida 6 ming tonnalik muzlatgich hamda bir gektar maydonda issiqxona tashkil etiladi.

TOShKENT, 26-iyul – Sputnik. Avstriyaning Parsalpine Gmbh kompaniyasi tomonidan Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida qiymati 35 million dollarga teng bo‘lgan kepchup ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida 6 ming tonnalik muzlatgich hamda bir gektar maydonda issiqxona tashkil etiladi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov hamda kompaniya rahbari Ahmad Ramzaniy o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, kompaniya bilan imzolangan memorandumga binoan Muzrabotda umumiy qiymati 15 million dollarlik tayyor tekstil mahsulotlari hamda ohakdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishning tashkiliy jihatlari kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0