TOShKENT, 26-iyul – Sputnik. Toshkent shahar hokimligida Moskva Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar Departamenti delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz.
Oleg Shutenko boshchiligidagi Moskva delegatsiya bilan uchrashuv davomida ushbu yilning oktabr oyida Toshkentda ilk bor tashkil qilinayotgan "Rossiya - O‘zbekiston hududlararo hamkorlik" forumi doirasida Toshkentda "Moskva kunlari" o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.
Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Moskva kunlari” tadbiri doirasida Toshkentda madaniyat va sport tadbirlari hamda ishbilarmonlar uchrashuvlari tashkil qilish rejalashtirilgan. Ushbu forumga, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari ham tashrif burishi rejalashtirilmoqda.
Toshkent va Moskva smart city, xavfsiz shahar, aqlli yoritish tizimi va parkovka kabi infraztuzilma loyihalari doirasida ham hamkorlik qilishga kelishib olishgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, kelasi yil Moskvada “Toshkent kunlari” tadbiri o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.