Qirg‘izistonda jangarilar lageriga yo‘l olgan o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi

© AFP 2023 / Noorullah Shirzada Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoe foto
Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning yonidan elektron axborot tashuvchilar, arab yozuvidagi adabiyot,issiq kiyimlar, fonar, oziq-ovqatlar va boshqa buyumlar topildi

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Qirg‘iziston janubida Afg‘onistondagi jangarilar lagerida tayyorgarlikdan o‘tish maqsadida ketayotgan o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston IIV axborot portali xabar berdi.

U jangarilar lagerida qo‘poruvchilik-terrorchilik bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tish maqsadida "O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Tojikiston-Afg‘oniston" yo‘nalishi orqali Afg‘onistonga  o‘tmoqchi bo‘lgan.

Uni Botken viloyati IIB ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash xizmati xodimlari qo‘lga olishgan.

"O‘zbekiston fuqarosi O.P. Botken tumani hududida qo‘lga olindi. Uning yonidan elektron axborot tashuvchilar, arab yozuvidagi adabiyot,issiq kiyimlar, fonar, oziq-ovqatlar va boshqa buyumlar topildi", - deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0