TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Qarshi shahrida tanishi bilan janjallashib uni mashinasida urib yuborgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Voqea 24-iyul kuni yuz bergan. Qarshi shahrida yashovchi yashovchi Z.E. tanishi B.Q. bilan telefon orqali o‘zaro janjallashib ketayotgan vaqtida uni yo‘l chetida turganini ko‘rib qoladi.
U o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan uni urib, bu ham yetmagandek, avtomashinadan tushib, turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazgan.
Natijada B.Q. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
Z.E. esa qo‘lga olingan.