Film O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning dastlabki tarixiy intervyusi asosiga qurilgan. Unda O‘zbekiston xalqi hayotidagi eng muhim o‘zgarishlar, respublikaning ichki siyosatdagi ustuvor maqsadlari, tashqi siyosatdagi pozitsiyasi haqida so‘z boradi.
Prezidentning bir yarim yil davomidagi shiddatli faoliyati haqida xalqaro ekspertlarning fikrlari o‘rin olgan.
Filmda davlat rahbari bilan bevosita uchrashgan, muloqot qilgan fuqarolar taasurotlari bilan tanishish mumkin.