TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar yuz berdi. Bu haqda IIV rasmiy saytida xabar berildi.
Xabar qilinishicha, podpolkovnik Ummatqulov Rustambek Ubadullayevich Jizzax viloyati Yangiobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan.
Shuningdek, podpolkovnik Arslanov Bahodir Ergashevich Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limiga boshliq etib tayinlangan.
Avvalroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Jizzax viloyati Yangiobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan I.Sulaymonovga nisbatan fuqaro S.Qurbonboyevni urib tan jarohati yetkazgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atgani xabar qilingandi.