Moliya vazirligi asossiz xarajatlarning oldini oldi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Budjet intizomi buzilish holatlari shu yil 1-yarim yilligida 21,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. 2018-yil 1-yarim yilligida Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasa va tashkilotlarda o‘tkazilgan moliyaviy nazorati tadbirlarida aniqlangan xato va kamchiliklar budjet intizomini buzish holatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan keskin kamaygan. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Moliya vazirligi kamomad va noqonuniy xarajatlarni aniqladi

Xabarda aytilishicha, budjet intizomi buzilish holatlari 2018-yil 1-yarim yilligida 21,7 mlrd so‘mni tashkil etdi (2017 yilning mos davrida 48,1 mlrd so‘mni tashkil etgan).

Budjet intizomi buzilish holatlarini kamayishi budjet mablag‘larini boshqarish va budjet hisobini yuritish bo‘yicha budjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish, budjet qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borish, masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash va kam samarali taftishlarni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasidir.

Xususan, budjet va budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 2018-yil uchun xarajatlar smetasini meyoriy hujjatlarga muvofiqligi va xarajat turlarini aniq hisob-kitoblarga asoslanganligi yuzasidan olib borilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida xarajatlar smetasiga asossiz kiritilgan 17,5 mlrd so‘m miqdoridagi xarajatlarni oldi olinib, boshqa zarur xarajatlariga yo‘naltirildi.

Yangiliklar lentasi
0