TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Toshkentdagi Yashnaobod tumanida avtobus ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
"Kecha, 23-iyul kuni Toshkent halqa avtomobil yo‘li hududida Isuzu rusumli avtobus ag‘darilib ketgan. Voqea Yashnobod tumanida "Rohat" avtosaloni oldida sodir bo‘lgan. Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgani sababli yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Halokatda yetti nafar yo‘lovchi jarohatlangan va shifoxonaga olib borilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgach, javob berilgan. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda", - deyilgan IIV xabarida.