Surxondaryoda YTH oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hududida M41 "Bishkek-Dushanbe" trassasida VAZ-2106 va Chevrolet Matiz avtomobillari to‘qnashib ketgan

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyatida yuz bergan YTH oqibatida besh kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohatlandi, deb xabar berdi RIA Novosti respublika IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hududida M41 "Bishkek-Dushanbe" trassasida VAZ-2106 va Chevrolet Matiz avtomobillari to‘qnashib ketgan.

"To‘qnashuv natijasida Chevrolet Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi hamda VAZ-2106ning uch nafar yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etdi", - deb xabar qilgan boshqarma.

VAZ-2106 haydovchisi turli darajadagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda YTH sabablari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0