Firibgarlik qilib 82 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan ayol ushlandi

© Sputnik / Pavel LisisinJenshina v naruchnikax
Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchtepa tumanida yashovchi ayol chet eldan parfumeriya mahsulotlarini olib kelib berishni va’da qilgan

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Toshkentda bir ayoldan 82 ming dollar pul olib o‘z ehtojlari yo‘lida ishlatib yuborgan ayol ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 9-iyul kuni tuman IIBga G.X. ismli ayol murojaat qilgan. Murojaatga ko‘ra, 2016-yil oxiri 2017-yil boshlarida Uchtepa tumanida yashovchi D.X. ismli ayol unga chet eldan parfumeriya mahsulotlarini olib kelib berishni va’da qilib 82 ming dollar pulini olgan. Ammo u va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Hozirda D.X. ushlangan.

Avvalroq Toshkentda Ukraina fuqarosi bilan 2 million dollarlik shartnoma tuzib, pulni berish o‘rniga uni o‘zlashtirib yuborgan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0