O‘zbekistonda iyul oyining oxirida havo harorati pasayadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLyudi kupayutsya v fontane v Tashkente
Lyudi kupayutsya v fontane v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikaning ayrim joylarida harorat 31 darajagacha tushadi.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. O‘zgidromet iyul oyi oxiriga mo‘ljallangan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-28 iyul kunlari respublikada havo harorati asta-sekin pasayadi. Ba’zi joylarda harorat 31 darajagacha tushadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25-iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25-iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25-iyul kechasi harorat 20-25 daraja issiq, 26-28 iyul kunlari 17-22 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25-iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25-iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25-iyul kuni kechasi harorat 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq, 26-28 iyul kunlari kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25-iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikada so‘nggi haftalar ichida anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda.

FVV xavfsizlik choralarini ko‘rishni, ko‘p miqdorda ichimlik suvi iste’mol qilishni, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirishni so‘ragandi.

Yangiliklar lentasi
0