Tojikistonda 8 kilogrammlik chaqaloq tug‘ildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tish7-milliardniy jitel Zemli rodilsya v Kaliningrade
7-milliardniy jitel Zemli rodilsya v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘lob shahrida Tojikiston tarixida eng og‘ir vaznga ega bo‘lgan bolakay tug‘ildi.

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. Tojikiston janubidagi Ko‘lob  shahrida og‘irligi sakkiz kilogramm bo‘lgan bolakay tug‘ildi, deb xabar qilmoqda “Mir 24” telekanali.

Tug‘ruqxona shifokori Anzurat Izzatulloyeva aytishiga qaraganda, chaqaloq tug‘ilganda unga kislorod maskasi kiydirish kerak bo‘lgan. Hozir esa u mustaqil nafas olishni boshlagan.

Beremennaya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada qonuniy tug‘ish mumkinmi? Homilador migrant ayollar uchun eslatma

Dunyoga kelgan zahoti chaqaloqning og‘irligi roppa-rosa 8 kilogramm bo‘lgan. To‘rt soat o‘tib bolakayning vazni  800 grammga kamaygan.

Shifokor aytishiga qaraganda bola uchun ham onasi uchun ham tug‘ilish jarayoni og‘ir kechgan, lekin ayni damda ularning ikkovi ham o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Bolakay oilada beshinchi farzand. Uning opa-akalari tug‘ilganda 3,5 – 4,5 kilogramm bo‘lishgan. Bolakayning o‘zi ham semiz emas, faqat tabiatdan yirik.

Ko‘lob shahar ma’muriyati bolakay tug‘ilgan oilaga tibbiy va ijtimoiy yordam berishni o‘z zimmasiga oldi.

Bu Tojikiston tarixida tug‘ilgan eng yirik chaqaloq bo‘ldi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0