TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Yuk mashinasini odamlar ustiga haydagan Raxmat Akilovga bir umrlik qamoq jazosi berildi, deb xabar qilmoqda Shvetsiyaning SVT telekanali.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning aprel oyida Stokxolmda Akilov uyushtirgan teraktda 5 kishi qurbon bo‘lgan 15 kishi jarohatlangan edi.
Raxmat Akilov bir umrlik qamoq jazosini "Kumla" qamoqxonasining maxsus bo‘limida o‘tkazadi. Huquqni saqlash organlari xulosasiga ko‘ra, Akilov qamoqxonadan qochishga urinishi mumkin, shu sababdan u Shvetsiyaning eng ishonchli qamoqxonasiga joylashtirilgan.
Shuningdek, boshqa mahbuslar ongini o‘zining zararli g‘oyalari bilan “zaharlamasligi uchun”, terrorchiga mahbuslar bilan muloqot ta’qiqlangan, deyilgan telekanal xabarida.