Tojikiston O‘zbekistonga bir oy ichida yangi avtobus reyslarini yo‘lga qo‘ymoqchi

© Sputnik / Igor MaslovReysovie avtobusi
Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston transport vaziri bu vaqt masalasi ekanligi va Transport vazirligiga bir oy ichida mazkur masalani hal etish yuklatilganligini ta’kidladi.

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. Yaqin vaqt ichida ma’lum bir rasmiyatchilikka rioya etilgandan so‘ng Tojikiston va O‘zbekistonning boshqa shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi “Daryo”.

Bu haqda Tojikiston transport vazirligi rahbari Xudoyor Xudoyorzoda Dushanbedagi matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

May oyi o‘rtalarida Xo‘jand va Toshkent o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi ochilgan edi. O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ham yangi avtobus reyslarini ochish rejalashtirilgan, biroq hozircha bu masala hal etilmagan edi.

Xudoyor Xudoyorzoda bu vaqt masalasi ekanligi va Transport vazirligiga bir oy ichida mazkur masalani hal etish yuklatilganligini ta’kidladi.

“Davlatlar o‘rtasida yo‘lovchi tashish, shu bilan birga yuk tashishga ham ma’lum bir yig‘imlar mavjud. Ikki davlat o‘rtasida hukumatlararo kelishuv imzolangandan so‘ng o‘zbek hukumati tegishli qaror bilan Tojikistondan kirib keluvchi va tranzit yuk avtotransport vositalari va avtobuslarga qo‘shimcha yig‘imlarni soddalashtirdi”, — dedi u.

Vazir hozirda O‘zbekiston va Tojikiston chegarasini kesib o‘tuvchi xorijiy yuk transporti hamda avtobus tranziti va mamlakatga kirishi uchun to‘lov to‘lanishini bekor qilish masalasi ham hal etilganligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0