Hodisalar

Toshkent IIBB xodimi chernogoriyalik sayyohning hayotini saqlab qoldi

© GUVD g.TashkentaSotrudnik patrulno-postovoy slujbы okazal pomoщ turistu iz Chernogorii
Sotrudnik patrulno-postovoy slujbы okazal pomoщ turistu iz Chernogorii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Maʼlum boʻlishicha, chet ellik sayyohning yuragi bezovta qilib, xuruj tutgan va oʻz vaqtida koʻrsatilgan yordam natijasida kasallikning ogʻir oqibati oldi olindi.

TOSHKENT, 20 iyul - Sputnik. Patrul-post xizmati xodimi serjant Farrux Gʻoziyev tez tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan chernogoriyalik sayyohni kasalxonaga olib borib uning hayotini saqlab qoldi, deb xabar berdi Toshkent SHIIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, serjant Muqimiy koʻchasidagi bekatda yuragini ushlab oʻtirgan erkakni payqab qoladi. Shu zahoti darrov uning yoniga borib, ahvolini soʻraydi. Erkak undan yordam soʻraydi.

Gʻoziyev uni mashinaga oʻtqazib, zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam markaziga yoʻl oladi.

Keyin maʼlum boʻlishicha, chet ellik sayyohning yuragi bezovta qilib, xuruj tutgan va oʻz vaqtida koʻrsatilgan yordam natijasida kasallikning ogʻir oqibati oldi olindi.

Yangiliklar lentasi
0