Fuqaroga qo‘l ko‘targan IIB boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuraturaga jabrlanuvchining otasi murojaat qilib, tuman IIB boshlig‘iga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi fuqaro S.Qurbonboyevni urib tan jarohati yetkazgani uchun Yangiobod tumani IIB boshlig‘i I.Sulaymonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Bosh prokuraturaga jabrlanuvchining otasi murojaat qilib, I.Sulaymonovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida tuman IIB boshlig‘i “Pastkichaqir bulog‘i” fermer xo‘jaligi dalasiga kelgan vaqtda kombaynlar g‘alla o‘rmasdan turganligini vaj qilib, S.Qurbonboyevning burun qismiga mushti bilan urganligi aniqlangan.

Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Kattaqo‘rg‘ondagi holat yuzasidan qator xodimlar ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi

Mazkur holat yuzasidan Yangiobod tuman prokuraturasi tomonidan tuman IIB boshlig‘i I.Sulaymonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili kapitan San’at Umarov o‘g‘irlikda gumon qilingan ayolni IIB binosida tahqirlagani tasvirlangan lavha internetda tarqalgan va katta shov-shuvga sabab bo‘lgani ortidan shahar IIBdagi qator xodimlar ishdan olingandi.

Yangiliklar lentasi
0