“O‘zbektelekom” internet kanal tariflarini pasaytirdi

Obuna bo‘lish
Kompaniya “Internet oxirgi iste’molchi uchun uchun arzonroq bo‘ladimi?“ degan savolga ham javob bergan.

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. 2018-yil 10-iyuldan Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operator va provayderlarga Internet-kanal tariflari 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mga pasaytirildi, deb xabar berdi “O‘zbektelekom” matbuot xizmati.

Shuningdek, Transport magistralini ekspluatatsiya qilish markazi orqali ulangan O‘zbekiston Respublikasi operator va provayderlariga ham, sig‘im va hududidan qat’iy nazar, Internet kanal uchun narxlar pasaytirilib, kompaniya tomonidan yagona tarif belgilandi.

“Avvalroq, tarif 1 Mbit/s uchun ulanish hududi va kanal sig‘imidan kelib chiqqan holdan 410 000 so‘mdan 309 550 so‘mgacha narxlanar edi. 12-iyuldan boshlab hududi va sig‘imidan qat’iy nazar 1 Mbit/s uchun tarif narxi 265 000 so‘mni tashkil qiladi”, - deyiladi xabarda.

Kompaniya “Internet oxirgi iste’molchi uchun uchun arzonroq bo‘ladimi?“ degan savolga ham javob bergan. Ma’lum qilinishicha, iste’molchilar uchun Internetning oxirgi narxiga ta’sir qiluvchi qator omillar mavjud bo‘lib, har bir provayder taqdim etuvchi xizmatlarining narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.

Yangiliklar lentasi
0