O‘zbekistonda sobiq mahkumlar ijtimoiy himoya qilinadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti
Zaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari tashkil etiladi.

TOShKENT, 19-iyul - Sputnik. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy himoya qilinishini tashkil etish va ta’minlash, tegishli tartibda kiyim-kechak, oziq-ovqat va turar joy uchun bir martalik to‘lanadigan nafaqa puli beriladi. Bu hukumat qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjat respublika milliy qonunchilik bazasida e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Press-konferensiya predstaviteley Human Rights Watch na temu: «Avgustovskiy konflikt na Yujnom Kavkaze i prava cheloveka” - Sputnik O‘zbekiston
HRW: O‘zbekiston inson huquqlari borasida yangi sahifa ochdi

2019 yil 1-yanvardan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida to‘liq ijtimoiy moslashtirish maqsadida mahkumlarni tizimli o‘rganish va ularning ongini o‘zgartirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarning yagona kompleks tizimi joriy etiladi.

Qaror bilan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, mahkumlarga shaxsiy hujjatlarni tiklash va pasport olishda yordam ko‘rsatiladi, ularning pensiya sug‘urtasi, mehnat daftarchasini rasmiylashtirish shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingunga qadar amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi 15-yil davomida respublikada mahbuslar soni ikki baravardan ko‘proqqa kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0