Qarshi davlat universitetiga abituriyentlardan eng ko‘p hujjat topshirildi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRabota priyemnoy komissii MFTI
Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng katta konkurs Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga to‘g‘ri kelmoqda – 1 o‘ringa 23,2 abituriyent.

TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 19 ta filialiga 675 049 nafar abituriyentdan ariza qabul qilindi. Tanlov ko‘rsatkichi bir o‘ringa o‘rtacha 8,3 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston
DTM abituriyentlar uchun yana bir qulaylik joriy etdi

Abituriyentlardan eng ko‘p hujjat Qarshi davlat universitetiga eng ko‘p - 30 937 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

Keyingi o‘rinlarda Samarqand davlat universiteti – 28 733 nafar va Farg‘ona davlat universiteti – 27 726 nafar.

Eng katta konkurs Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga to‘g‘ri kelmoqda – 1 o‘ringa 23,2 abituriyent.

Bu ko‘rsatkich Andijon mashinasozlik institutida 1 o‘ringa 18,3, Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialida 1 o‘ringa 17,6 tani tashkil etadi.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul uchun hujjat qabul qilish ishlari 15-iyul kuni yakunlandi, kirish imtihonlari 1-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0