Uzcard xaridni bekor qilib pulni kartaga qaytarish funksiyasini ishga tushirdi

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaTerminal oplati bankovskimi kartami
Terminal oplati bankovskimi kartami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzCard terminallarida kun oxiriga qadar xaridni bekor qilib pulni kartaga qaytarish imkoni paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. UzCard terminallari xaridni bekor qilib pulni kartaga qaytarish imkoniga ega bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Yagona protsessing markazi.

Markaz mutaxassilari tomonidan ishlab chiqilgan yangi dastur barcha POS terminallarda “Tranzaksiyani bekor qilish” funksiyasini ishga tushiradi.  Uning yordamida terminalda amalga oshirilgan  xato tranzaksiyalarni hamda iste’molchi mahsulotni qaytarilganda, to‘lovlarni bekor qilish imkoni paydo bo‘ldi.

Plastikovie karti Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
UZCARD kartalariga Rossiya to‘lov servislaridan pul o‘tkazish xizmati ishga tushdi

Uzcard kartalari uchun “Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasidan xarid amalga oshirilgan vaqtdan boshlab kun oxirigacha amalga oshirilishi mumkin.

UnionPay va MasterCard xalqaro plastik kartalar uchun esa, “Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasi “Hisob-kitobni tekshirish” funksiyasi amalga oshirilguniga qadar, ya’ni soat 16:00gacha amalga oshirilishi mumkin.

To‘lovni bekor qilish uchun chek kerak bo‘ladi. Mablag‘lar kartaga shu zahotiyoq qaytariladi.

Yangi dasturni o‘rnatish uchun savdo nuqtasi vakillari o‘z banklariga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. U yerda yangi dastur bir necha daqiqa ichida o‘rnatib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0