TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Rahmatov Shavkat To‘raqulovich Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Shavkat Rahmatov 1970-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1995-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995-yilda Yangiyo‘l shahar prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 1998-yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Bosh prokurorning yordamchisi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Bekobod tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Rahmatov avvalroq Surxondaryo hokimi lavozimiga tayinlangan Bahodir Po‘latov o‘rniga kelgan. 2018-yilning may oyidan shu vaqtgacha Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.