TOShKENT, 19-iyul - Sputnik. Bugung 19-iyul kuni ertalab Toshkentning Mirobod tumanidagi Sigma biznes-markazi binosida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qilmodqa Uznews nashri.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, tong soat 05:18da, Nukus ko‘chasidagi 71 uyda yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Ushbu binoda Sigma biznes-markazi joylashgan. Qisqa vaqt ichida 5ta o‘t o‘chirish mashinasi va ikkita narvonli avtomobillar yong‘in sodir bo‘lgan manzilga yetib kelib olovni o‘chirishdi. Soat 5:49da olovni butunlay o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.
Yong‘in oqibatida 30 metr kvadrat bino sirti qoplamasi (alyukobond) yo‘q qilingan va 25 metr kvadrat bino ichki maydoni zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar haqida xabar olinmagan.
Ayni damda ichki ishlar xodimlari yong‘in sabablarini o‘rganishmoqda.
Ushbu munosabat bilan Toshkent shahar IIBning O‘t O‘chirish boshqarmasi barcha fuqarolar hamda tashkilot rahbarlariga yong‘in xavfsizligi texnikasiga qat’iy amal qilish kerakligini eslatib qo‘ymoqda.