Kattaqo‘rg‘on shahar va Samarqand tumani IIBlarining barcha xodimlari attestatsiyadan o‘tkaziladi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskie militsioneri vozle doma
Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatining barcha shahar-tumanlari hamda viloyat IIB sohaviy xizmatlarining xodimlari bilan birma-bir suhbatlashib, ularning xizmat faoliyatini atroflicha ko‘rib chiqdi.

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Samarqand viloyati ichki ishlar organlari faoliyatiga doir tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Yig‘ilishda viloyatning ayrim hududlarida huquq-tartibot idoralari keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash, aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar qattiq tanqid qilindi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun yana ikki tuman IIB boshlig‘i ishdan olindi

Ichki ishlar vaziri xizmat faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash boshqarmalari boshliqlari hamda Samarqand shahar, Nurobod, Jomboy, Payariq, Oqdaryo, Toyloq, Samarqand, Ishtixon va Pastdarg‘om tumanlari ichki ishlar bo‘limlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib, ularning ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish va ish natijadorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun viloyat IIB boshlig‘ining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Rahmonov, Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Ganiyev, Qo‘shrabot tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Usmanov, Toyloq tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari M.Mahkamov, Oqdaryo tuman IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Usanov, Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari N.Tilavov egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Kattaqo‘rg‘ondagi holat yuzasidan qator xodimlar ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi

Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyat qidiruv, tergov, kadrlar bilan ishlash xizmatlari xodimlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanildi.

Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on shahar va Samarqand tumani ichki ishlar organlarining barcha xodimlarini navbatdan tashqari shahodatlashdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi.

Bunga qadar Ichki ishlar vaziri Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i I.Abduqahhorov va uch nafar rahbar xodimlari, Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i S.Abduhakimov va Paxtachi tumani IIB boshlig‘i X.Abduhamidovni ichki ishlar organlaridan bo‘shatganligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0