TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Mamadjanov Shaxrux Baxtiyarovich 19-iyul kuni Toshkentning Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Mamajonov bunga qadar Yunusobod tumanidagi “SURE STEP”xususiy korxonasi bosh direktori lavozimida ishlagan.
Mamadjanov Shaxrux Baxtiyarovich 1984-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (2010).
2010-2014 yillarda “RAV EKSPRESS” ma’suliyati cheklangan jamiyati huquqshunos-maslahatchi lavozimida ishlagan.