O‘zbekiston va Qatar savdo va transport aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldi

© Press slujba Minvneshtorga Respubliki UzbekistanV Minvneshtorge RU sostoyalas vstrecha s delegatsiyey Gosudarstva Katar
V Minvneshtorge RU sostoyalas vstrecha s delegatsiyey Gosudarstva Katar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda transport va kommunikatsiya tizimini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligida Qatar Savdo-sanoat-palatasi yuridik boshqarma boshlig‘i Abdulaziz al-Quvari boshchiligidagi Qatar davlati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

“Uchrashuvda eksportni rivojlantirish, xususan, avtomobillar va yuk mashinalari, elektr tovarlar, kimoviy moddalar, shuningdek, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari kabi Qatarga bir qator mahsulot yetkazib berish imkoniyati bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda transport va kommunikatsiya tizimini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Yangiliklar lentasi
0