TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Toshkentdagi Ashxobod sayilgohida bepul muzqaymoq tarqatish boshlandi.
"Diqqat! Yozgi aksiya! Soat 12:00 dan 17:00 gacha Ashxobod sayilgohida barchangiz mazali muzqaymoqni mutlaqo bepul tatib ko‘rishingiz mumkin. Ashxobod oilaviy sayilgohida eng shirin taassurotlar ega bo‘ling!", - deb yozilgan sayilgohning Facebookdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz ushbu sayilgoh shu yil may oyi boshida ochilgan. Uning hududi ikkita - ko‘ngil ochar va tinch hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan zonaga ajratilgan. Sayilgohda 60 dan ortiq attraksion va uyin avtomatlar hamda bepul Wi-Fi bor. Kirish qismida avtomashina turargohi ham mavjud.