Rossiya Mudofaa vazirligi Putin va Tramp kelishuvlarini bajarishga tayyor

© Sputnik / Sergey GuneyevVstrecha V. Putina i D. Trampa v Xelsinki
Vstrecha V. Putina i D. Trampa v Xelsinki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiy idorasi harbiy xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha amerikalik sheriklar bilan general shtablar va boshqa kanallar bo‘yicha aloqalarni faollashtirishga tayyorligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida Xelsinkida xalqaro xavfsizlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalda bajarishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovga asoslangan holda xabar qildi.

Xelsinkida prezident saroyida Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi. - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Tramp uchrashuvining eng yorqin foto-suratlari

Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiy idorasi harbiy xavfsizlikni ta’minlash, Suriya bo‘yicha hamkorlik qilish va boshqa harbiy xavfsizlik bo‘yicha dolzarb masalalari bo‘yicha amerikalik sheriklar bilan general shtablar va boshqa kanallar bo‘yicha aloqalarni faollashtirishga tayyor.

Xelsinkida Vladimir Putin va Donald Tramp birinchi to‘liq formatdagi uchrashuvni o‘tkazishdi.

Rossiya yetakchisi Moskva hujumkor qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomani cho‘zdirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, prezidentlar Suriya muammosi bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Tramp so‘zlariga ko‘ra, bu minglab kishilarni qutqarishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0