Dunyoda

Grozin: Xitoyga Sarezni sotilishi Oʻzbekistonga taʼsir qilmaydi

© Institut stran SNG. / Rukovoditel otdela Sredney Azii Instituta stran SNG Andrey Grozin
Rukovoditel otdela Sredney Azii Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tojikiston Sarez koʻlini Xitoy kompaniyasiga sotishi Oʻzbekistondagi suv bilan bogʻliq vaziyatga taʼsir koʻrsatmaydi, deb maʼlum qildi MDH davlatlari Oʻrta Osiyo boʻlimi rahbari Andrey Grozin.

"Dushanbe kamida oxirgi 15 yil davomida bu loyihani taklif qildi... Hamma bu juda qiziq deb aytishdi, lekin loyihalarga amalga oshirishga oʻtishmadi", - dedi Grozin.

Ekspert soʻzlariga qaraganda, hozir Xitoyning bu loyiha bilan qiziqishi, birinchi navbatda, Pekin uchun oʻz imkoniyatlarini namoyon qilishga qulay fursatdir.  

"Sarez Oʻzbekiston suv balansiga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi", - deya oʻz fikrini bildirdi Grozin.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq yuqori togʻ Sarez koʻlining suvi Gonkong Heaven Springs Dynasty Harvest Group kompaniyasiga sotilishi maʼlum boʻldi.

Grozin: prodaja Sareza Kitayu ne povliyayet na Uzbekistan

Ushbu kompaniya Tojikistonda ichimlik suvini ishlab chiqarish va uni mintaqadagi davlatlarga sotishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0