Avgustdan aholiga yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxi oshadi

© Sputnik / Yakov Glinskiy / Mediabankka o‘tishGazovie balloni
Gazovie balloni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda respublikadagi 6 million 143 ming iste’molchiga gaz yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. Joriy yilning 1-avgustidan aholiga beriladigan 1 kilogramm suyultirilgan gaz barcha hududlar uchun 800 so‘m etib belgilanmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, “O‘ztrancgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika Kengashi ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tabiiy gaz sarfini kamaytiradigan yangi ko‘mirli energoblok ishga tushirildi

Anjumanda murojaatlarni ko‘rib chiqishda gaz ta’minoti korxonalari xodimlarining muomala va huquqiy madaniyatiga e’tibor qaratish, yuzaga keladigan nizoli va bahsli holatlarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda 1 kilogramm suyultirilgan gaz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida 700 so‘m, qolgan hududlarda esa 500 so‘mdan yetkazib berilyapti. Joriy yilning 1-avgustidan esa aholiga beriladigan 1 kilogramm suyultirilgan gaz barcha hududlar uchun bir xil — 800 so‘m yetib belgilanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda respublikadagi 6 million 143 ming iste’molchiga gaz yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda. Shundan 3 million 300 mingta uy-joy, 83 mingga yaqin ulgurji iste’molchi tabiiy, 2 million 760 ming aholi xonadonlari esa suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0